Superhujumchi madridliklardan qattiq xafa bo‘ldi

  • 11.06.2026 08:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Argentinalik hujumchi Julian Alvares “Atletiko Madrid” klubidan xafa va juda g‘azablangan. Bu haqida jurnalist Leo Paradizo ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, birinchi sabab –  hujumchi “Arsenal”ga qarshi Chempionlar ligasi yarim finalining javob uchrashuvida maydonga tushish uchun katta harakat qilgan. Alvares jarohatiga qaramay, og‘riq qoldiruvchi ukollar bilan o‘ynagan.

Biroq forvard “JCh–2026”ga yo‘l olgach, klubdan hech kim uning ahvoli bilan qiziqmagan va xayrlashmagan.

Ikkinchi sabab esa, “Barselona” klubining taklifiga “Atletiko” javob bermayotgani va masalani mavhum holda ushlab turganidir.

Shu kabi voqealar ketma-ketligi argentinalik forvardning Madrid superklubidan noroziligiga sabab bo‘lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!