Superklub bir urinishda Angliya termasining ikki yulduzini oladi

  • 3 may, 16:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” yozgi transferlar davrida tarkibida jiddiy o‘zgarishlar qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. “Aristokratlar” Angliya terma jamoasining ikki o‘yinchisi – Eberichi Eze va Mark Gexini nishonga olgan.

Tecno

Ayni paytda bu futbolchilar “Kristal Pelas” sharafini himoya qilmoqda. London superklubi ikki transferga 130 million funt sarflashni rejalashtiryapti.

Eze joriy mavsumda 30 ta uchrashuvda 53 ta golli vaziyat yaratdi, 829 ta aniq pas uzatdi, to‘rt gol va sakkizta assist muallifi bo‘ldi. Iste’dodli charm to‘p ustasi hujumda ham, himoyada ham ishonchli o‘ynay oladi.

Mark Gexi aslida “Chelsi” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U “Kristal Pelas”ga ko‘chib o‘tganidan keyin o‘yini ochilib ketdi.

“Kristal Pelas”ning avstriyalik bosh murabbiyi Oliver Glasner jamoa tarkibini qayta shakllantirishga qaror qilgan. U klub rahbariyatidan oltita yangi o‘yinchi olib berishni so‘radi. Bu yangilanishlar fonida murabbiy Eze va Gexidan voz kechishga tayyor. Ularning transferidan keladigan mablag‘ “Kristal Pelas”ni yanada kurashuvchan qiladigan o‘yinchilar olishga yo‘naltiriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!