Superliga 13-tur uchrashuvlari boshlanish vaqtlari. "Bunyodkor" - "Dinamo" o‘yini nega Samarqandga ko‘chirildi?

  • 18 iyun, 2019, 17:35
  • Bekzod Isayev
  • 8
  • Futbol
CHERY AUTO

28-29 iyun kunlari Coca Cola Superligada 13-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Tur doirasidan o‘rin olgan o‘yinlarning boshlanish vaqtlari ma’lum bo‘ldi. Mazkur turda deyarli barcha uchrashuvlar jonli efirda namoyish etilishi ko‘zda tutilgan. Faqat “Nasaf” — “Surxon” bahsi Sport telekanali orqali yozib olingan holda ko‘rsatilishi rejalashtirilgan. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.

13-tur

28 iyun, juma

18:00 DINAMO — BUNYoDKOR (Sport TV)

19:00 AGMK — METALLURG (Mahalla TV)

20:00 QIZILQUM — NAVBAHOR (Sport TV)

29 iyun, shanba

18:00 LOKOMOTIV — SO‘G‘DIYoNA (Mahalla TV)

18:00 QO‘QON-1912 — PAXTAKOR (Sport TV)

20:00 NASAF — SURXON (Sport TV – yozib olingan holda yakshanba, 15:40)

20:00 BUXORO — ANDIJON (Mahalla TV)

“Bunyodkor” – “Dinamo” uchrashuvi esa har ikki tomonning taklifiga ko‘ra Samarqandda o‘tkaziladi. Ikkinchi davradagi bahs esa Toshkentda bo‘lib o‘tadi, deyilgan PFL xabarida. Ammo tomonlar nega nega shunday qarorga kelishgani borasida ma’lum qilinmagan. Ammo bizning taxminga ko‘ra "Milliy" stadionning maysasi hali o‘yin o‘tkazishga to‘liq tayyor bo‘lmagani uchun uchrashuv Samarqandga ko‘chirilgan bo‘lishi mumkin. Bu bir taxmin xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Shaxboz Bekmurodov
19/06/2019 23:38
Nima sababdan aynan bizning Nasaf jabirlanuvchi
Murod Panjiev
18/06/2019 20:59
Насаф-сурхон уйинини олиб беринглар илтимос спорт тв ходимлари Хайрулло Хамидов шархласин
Murod Panjiev
18/06/2019 20:14
Насаф пул утказмаган спорт твга спорт тв текинга уйинларни транслация килмайди ходимларига ойлик тулаш керакку тугри тушининглар
&
Surxon turon
18/06/2019 20:06
Айнан насаф билан ӯйнлар ёзиб олинган холда бӯляпди сабиниям ёзинглар насаф биронтани арпасини хом ӯриб қӯйганми дийман
Javlon Abdullaev
20/06/2019 06:38
Bu sport tv raxbarlari ittan tarqagan vodoylini ifloslar
Dawson Jack
18/06/2019 19:31
Rostanam o'tgan safar Bunyodkor-Nasaf o'yiniyam yozib olingan edi, Nasafni yomon ko'rishadimi diman
&
Nasaf_qashqadaryo
18/06/2019 17:37
Nasafni o'yini yana yozib olingan xolda oberiladi. pfl hal qiladimi qaysi o'yinni jonli uzatishni, yoki sporttv hal qiladimi. Nasafni o'yinlari jonli uzatilmayotganini biror sababi bormi. yoki Nasafni birorta aybi bormi jonli uzatib bo'lmaydiga
&
Nasaf_qashqadaryo
18/06/2019 17:37
Nasafni o'yini yana yozib olingan xolda oberiladi. pfl hal qiladimi qaysi o'yinni jonli uzatishni, yoki sporttv hal qiladimi. Nasafni o'yinlari jonli uzatilmayotganini biror sababi bormi. yoki Nasafni birorta aybi bormi jonli uzatib bo'lmaydiga