Superliga. "Lokomotiv" gollarga boy kechgan uchrashuvda "Nasaf"ni taslim etdi

  • 23.04.2026 20:52
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superliganing 9-turidan o‘rin olgan navbatdagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. 

Ro‘ziqul Berdiev boshchiligidagi "Nasaf" "Lokomotiv" bilan kuch sinashib, 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. 

"Ajdarlar" 23-daqiqada "Lokotiv" darvozasini ishg‘ol qildi. Sharof Muҳitdinov jarima maydoni tashqarisidan chiroyli zarba berib, gol kiritdi. 

Temiryўlchilar esa birinchi bo‘lim yakunlanayotganda Abduvoҳid Ne’matov darvozasiga yo‘l topa oldi. Gol muallifi — Sardor Mirzaev. 

63-daqiqada Temurxo‘ja Abduxoliqov kuchli zarba bilan gol urdi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 10 daqiqa o‘tib, Oybek Rustamov o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi va avtogol muallifi bo‘ldi.

Yusuf Otubanjo 88-daqiqada burchakdan uzatilgan to‘pni darvozaga to‘g‘rilab yubordi va hisobni qisqartirishga erishdi.

  • O'zbekiston - Superliga
  • Joriy Mavsum
6355.png

Nasaf

  • Sharof Mukhiddinov 23'
  • Davronbek Usmonov 88'
Tugadi
2 : 3

23.04.2026 19:00

6635.png

Lokomotiv

  • Sardor Mirzayev 43'
  • Temurkhuja Abdukholikov 63'
  • Oybek Rustamov 73'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!