
Superliga. "Nasaf" safarda "Surxon"ni mag‘lubiyatga uchratdi
Superliganing 20-turidan o‘rin olgan "Surxon" - "Nasaf" o‘rtasidagi bellashuvda ajdarlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Mazkur to‘qnashuvdagi ikki golni ham Husayn Norchaev kiritdi (58 va 61). Shuningdek, o‘yinning 90+1-daqiqasida Rustam Turdimurodov hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq, mazkur gol ham jamoasining mag‘lubiyatdan saqlab qola olmadi.
Ma’lumot o‘rnida, Ro‘ziqul Berdiev boshchiligidagi klub ushbu g‘alaba orqali yana peshqadamlikka qaytdi.
- O'zbekiston - Superliga
- Joriy Mavsum

Surxon
- Rustam Turdimurodov 90'
Tugadi
1
:
2
23.08.2025 18:30

Nasaf
- Khuisain Norchaev 61'
- Khuisain Norchaev 57'
Fikrlar