Superliga. "Nasaf" — AGMK va yana ikki uchrashuv qaydnomasi e’lon qilindi (foto)
Bugun O‘zbekiston Superligasida 2-tur o‘yinlari start oladi. Kun doirasidan 3 ta bellashuv o‘rin olgan bo‘lib, dastlabki uchrashuvda mavsumni mag‘lubiyat bilan boshlagan "Lokomotiv" va "Navbahor" jamoalari o‘zaro kurash olib boradi.

17:00 da esa "So‘g‘diyona" - "Turon" qarama-qarshiligi start oladi. Quyida ushbu uchrashuvda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxati bilan tanishasiz.

Turning markaziy bahsi ham aynan bugun bo‘lib o‘tadi. Dastlabki turda alamli tarzda mag‘lubiyatga uchragan "Nasaf" jamoasi o‘z muxlislari qarshisida o‘tgan mavsum bronza medallarini qo‘lga kiritgan AGMK klubini qabul qiladi.


Fikrlar