Superliga. "Navbahor" - "Lokomotiv": Eng yirik hisob yodingizdami?

O‘zbekiston Superligasi 6-turidan o‘rin olgan bahsda "Navbahor" o‘z maydonida Toshkentning "Lokomotiv" klubini qabul qiladi.

Mazkur jamoalar O‘zbekiston chempionatlarining Superliga (oliy liga) o‘yinlarida o‘zaro 38 marta kuch sinashishgan. Mazkur bahslarning 20 tasida “temiryo‘lchilar” zafar quchishgan bo‘lsa, 13 ta uchrashuvda “lochinlar” g‘alaba qozonishgan. Yana 5 ta o‘yinda esa jamoalar durangga imzo chekishgan.

To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich – 58-48, “Lokomotiv” foydasiga.  

Ushbu klublarning o‘zaro o‘yinlaridagi eng yirik hisob 2016 yili qayd etilgan bo‘lib, unda “temiryo‘lchilar” o‘z maydonlarida 5:0 hisobida zafar quchishgan.

“Lochinlar”ning “Lokomotiv” ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g‘alabasi 2007 yili Namanganda qayd etilgan bo‘lib, unda “Navbahor” 6:2 hisobida zafar quchgandi.

O‘zaro bahslarda toshkentliklar 65, namanganliklar esa 44 ochkoni qo‘lga kiritishgan. 

Prevyu. Navbahor Lokomotiv o‘yiniga

“Navbahor” – “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasida shu kungacha Namanganda o‘tkazilgan 19 ta uchrashuvning 10 tasida “lochinlar” zafar quchishgan, 3 ta o‘yinda durang natija qayd etilgan hamda 6 ta bahsda “temiryo‘lchilar” g‘alaba qozonishgan. Namangandagi o‘yinlardagi to‘plar nisbati 31–21, “Navbahor” foydasiga.   

So‘nggi  uch yildagi o‘zaro uchrashuvlar tarixi:

2020 yil

“Navbahor” – “Lokomotiv” – 2:0 (0:0)

Gollar: A.Ahmedov (64- pen.), I.Golban(88).

“Lokomotiv” – “Navbahor” – 1:0 (0:0)

Gol: A.O‘lmasaliev (65).

2021 yil

“Lokomotiv” – “Navbahor” – 1:2 (1:1)

Gollar: G‘ulom-Haydar G‘ulomov (36-pen.) - Azimjon Ahmedov (13-pen.), Ehsoni Panshanbe (75).

“Navbahor” – “Lokomotiv” – 1:0 (0:0)

Gol: Ibrohim G‘anixonov (90+5).

2022 yil

“Navbahor” – “Lokomotiv” – 2:0 (0:0)

Gollar: Zoran Marushich (57), Elguja Grigalashvili (72).

“Lokomotiv” – “Navbahor” – 0:2 (0:0)

Gollar: Zoran Marushich (64, 76).

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Lokomotiv” bahsi 5 may kuni Namangan shahridagi “Markaziy” o‘yingohda soat 18:00 da start oladi.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!