
Superliga. "Neftchi" bir ochko evaziga yakka peshqadam bo‘lib oldi
O‘zbekiston Superligasi 7-turidan o‘rin olgan "Buxoro" - "Neftchi" bahsi yakunlandi. Unda tomonlar 2:2 hisobida durang o‘ynadi.
Buxoroliklarning ikki goli Aleksandr Stanisavlevich nomiga qayd etildi. Mehmonlar safida Ulug‘bek Hoshimov va Izzatilla Abdullaev o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, "Neftchi" 15 ochko bilan 1-o‘rinni o‘zida saqlab qoldi. 4 ochkosi bor "Buxoro" 12-pog‘onadan joy egallagan.
Fikrlar