Superliga. "Paxtakor" gollarga boy o'tgan o'yinda "Dinamo"ni mag'lub etdi

  • 18.04.2026 22:14
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superliganing 8-turidan o‘rin olgan navbatdagi bahs o‘z yakuniga yetdi.

"Paxtakor" o‘z maydonida "Dinamo"ni qabul qilib, 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvda hisob 9-daqiqada Doston Hamdamov tomonidan ochildi. 22-daqiqada esa Bashar Resan jamoasining ustunligini ikkita ga yetkazdi. Biroq mehmonlar birinchi bo‘lim yakuniga qadar Anvar Hojimirzaev va Azizbek Amonovning gollari evaziga hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limda "sherlar" faol harakat qildi. 60-daqiqada Hamdamov penaltidan gol urib, jamoasini yana oldinga olib chiqdi. Ko‘p o‘tmay, Resan ham o‘z hisobini ochib, uchrashuvda yakuniy hisobni o‘rnatdi — 4:2.

Shu tariqa, Kamoliddin Tojiev shogirdlari ochkolari sonini 21 taga yetkazib, musobaqa jadvalida "Neftchi" bilan birgalikda peshqadamlik qilmoqda. Farg‘onaliklar ham 21 ochkoga ega. 

  • O'zbekiston - Superliga
  • Joriy Mavsum
3970.png

Paxtakor

  • Dostonbek Khamdamov 9'
  • Bashar Resan 22'
  • Dostonbek Khamdamov 60'
  • Bashar Resan 71'
Tugadi
4 : 2

18.04.2026 20:15

6510.png

Dinamo

  • Anvar Khozhimirzaev 23'
  • Azizbek Amanov 27'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!