Superligada o‘tgan oyning eng yaxshi futbolchisi e’lon qilindi

  • 08.05.2025 14:40
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston Professional futbol ligasi Superligada aprel oyining eng yaxshi futbolchisini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, "Paxtakor" hujumchisi Igor Sergeev sovringa munosib deb topildi.

Terma jamoamiz futbolchisi aprel oyida 5 ta bahsda maydonga tushib 6 ta gol urdi va 1 golga assistentlik qildi.

Ma’lumot o‘rnida, Sergeev Osiyo kubogida olingan jiddiy jarohatdan so‘ng, bu mavsumdan e’tiboran "Paxtakor"ga qaytdi. Shu paytgacha umumiy 8 uchrashuvda maydonga tushdi va 6+2 natijani qayd etdi. Shulardan, yuqorida yozilganidek, 6+1 natija aprel oyiga to‘g‘ri keldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!