Superto‘purar qancha ko‘p gol urmasin narxi pasayib bormoqda
Ekspertlarning ta’kidlashicha, bozor qiymatidagi pasayish uning yoshi o‘tib borayotgani bilan bog‘liq. 32 yoshli angliyalik futbolchi Bundesliga o‘yinchilari orasida eng ko‘p – 10 million evroga arzonladi. Keynning hozirgi narxi 56 million evroni tashkil qiladi.
“Bavariya” etakchisi Harri Keyn joriy mavsumda ham ketma-ket gollar kiritayotganiga qaramay, Transfermarkt portalidagi transfer narxi tushib bormoqda.
Shuningdek, “Bavariya”ning yana bir vakili – Jamol Musiala ham transfer qiymatida 10 million evro yo‘qotdi. 22 yoshli hujumkor futbolchidagi pasayish og‘ir earohat tufayli uzoq muddat maydonga tusha olmagani bilan bog‘liq.
Shundan bo‘lsa-da, Musiala Bundesliganing eng qimmat ikki futbolchisidan biri sifatida 130 million evroga baholangan.
Germaniya chempionatining eng ko‘p arzonlashgan futbolchilari ro‘yxatida uchinchi o‘rinni “Verder” a’zosi Viktor Bonifase egalladi. Uning narxi 8 million evroga kamayib, hozirda 12 million evroni tashkil etmoqda

Fikrlar