"Surxon" - "Andijon" o‘yinida nimalar ro‘y berdi?

  • 12 mart, 2023, 01:34
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 2-turida “Andijon” Toshkentda “Paxtakor” markaziy stadionida “Surxon”ga qarshi maydonga tushdi.

Tecno

Avvalo shuni ta’kidlash joizki, bellashuvdan oldin “Andijon” jamoasi bilan hamkorlik shartnomasini imzolagan Turkiyaning “Antalyaspor” klubi delegatsiyasi munosib kutib oldindi va ularga “Andijon” klubi bosh direktori Ulug‘bek Mirzaev tomonidan jamoa liboslari esdalik sovg‘asi sifatida topshirildi. Shuningdek, “Antalyaspor” klubining xalqaro munosabatlar va strategik rejalashtirish bo‘yicha menejeri, delegatsiya rahbari Erdem Erdalga zarbof to‘n kiydirildi. O‘z navbatida janob Erdal Ulug‘bek Mirzaevga ham “Antalyaspor” klubi libosini va maxsus sovg‘asini topshirdi.

Bevosita uchrashuvga to‘xtalsak, “Andijon” uchun alamli yakun topdi. Boisi, bahs taqdirini yagona gol hal qildi. Ammo uchrashuv davomida bahs-munozaralarga sabab bo‘ladigan voqeliklar kuzatildi. To‘g‘ri, tanaffusgacha “Andijon”ning o‘yini ko‘ngildagidek chiqishida nimadir etishmagandek bo‘ldi.

surxon-andijon2

Ikkinchi bo‘limda esa Xomyakov jamoasi o‘yindagi vaziyatni o‘zgartira oldi. Biroq bellashuv davomidagi kutilmagan holatlar “Andijon” murabbiylarining rejalarini o‘zgartirdi. 53-daqiqada Levan Arveladze kutilmaganda to‘pni oldirib qo‘ydi va so‘ng xatosini to‘g‘rilash uchun raqibini to‘xtatdi. Bu holatda bosh hakam futbolchiga qizil kartochka ko‘rsatishni lozim topdi. “Burgutlar” maydonda bir kishi bo‘lib qolishlariga qaramay, matonat va jasorat ko‘rsatdilar. Birin-ketin raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlarni yuzaga keltira boshladilar. Murabbiylar tomonidan qilingan o‘zgarishlar ham foyda berayotgandi. Natijada burchakdan uzatilgan to‘pdan so‘ng “Andijon” sardori Ildar Mamatkazin boshi bilan raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Lekin VARdagi hakamlar va bosh hakam mazkur golni hisobga olmadi. Ushbu holatni tekshirish uchun anchagina vaqt sarflandi. Biroq nima uchundir Mamatkazinning goli bekor qilindi va bu holat tabiiyki, Andijondan kelgan muxlislarning keskin e’tirozlariga sabab bo‘ldi. Aytishlaricha, u erda Bekmurodov ofsaydda qolgan degan xulosaga kelingan. Biroq takroriy vaziyat ko‘rilganida bu juda bahsli vaziyat ekani namoyon bo‘ldi.

“Andijon” kamchilik bo‘lib qolishiga qaramay, yana hujumlar uyushtirishga harakat qildi. Biroq “Surxon”ga baribir son jihatidan ustunlik foyda berdi va 81-daqiqada burchakdan uzatilgan to‘pni Hamidjonov golga aylantirdi.

surxon-andijon1

O‘yin oxirlarida bosh hakam “Andijon”ning yana bir legioneri – Rubin Xebayni ham maydondan chetlatib yubordi. To‘p uchun kurashda raqibini yiqitdi deya avvaliga sariq kartochka ko‘rsatdi. So‘ng ko‘p o‘tmasdan qizil kartochkani cho‘ntagidan chiqardi. O‘sha vaziyatda Xebaydan hakamga nima degani haqida so‘raganimizda u shunchaki alban tilida gapirganini, haqoratli so‘z ishlatmaganini aytdi. Ma’lumot uchun, Rubin asosan alban va ingliz tillarida gaplashadi. Bosh hakam esa tushunarsiz holatda “Andijon” hujumchisiga qizil kartochka ko‘rsatib, yana bir bor andijonliklarning keskin e’tiroziga sabab bo‘ldi. Afsuski, o‘yin davomidagi asosiy qahramonlar hakamlar bo‘lib qoldi. Balki O‘zFHM (O‘zbekiston futbol hakamlari markazi) ushbu o‘yindagi bahsli holatlarni ko‘rib chiqar...

Uchrashuv qaydnomasi

 “Surxon” – “Andijon” - 1:0 (0:0)

11 mart. Toshkent. “Paxtakor” markaziy stadioni. 776 tomoshabin.

Hakamlar: Rahim Karimov, Mahmud Turdiev, Feruz Dostonov.

VAR hakami: Aziz Asimov.

AVAR hakami: Alisher Usmonov.

Nazoratchi: Bobur Haydarov.

Komissar: Jamshid Imomov.

“Surxon”: Artyom Potapov, Bobur Asqarov, Sunnatilla Hamidjonov, Doston Tursunov (Kamron Saidazimov, 90+6), Humoyun Sherbo‘taev, Tamirlan Jamalutdinov (Asad Karimov, 65), Silvanus Nimeli, Nuriddin Hasanov, Nodir Bobomurodov (Diyor Ramazonov, 90+1), Shoxjahon Sultonmurodov, Bexruz Shaydulov.

“Andijon”: Igor Litovka, Dilshod Komilov, Ildar Mamatkazin, Abduvohid G‘ulomov, Axtam Nazarov (Sardor Abdunabiev, 87), Muhammadkarim Toirov, Levan Arveladze, Nodari Kavtaradze (Rubin Xebay, 58), Farhod Sohibjonov (Ilhom Alijonov, 87), Suhrob Berdiev (Shahboz Erkinov, 90+4), Bobur Farhodov (Farhod Bekmurodov, 58).

Gol: Sunnatilla Hamidjonov, 81 – 1:0.

Ogohlantirishlar: Humoyun Sherbo‘taev, 60 – Muhammadkarim Toirov, 53. Igor Litovka, 80.Rubin Xebay, 90+9. Shahboz Erkinov, 90+9.

Chetlatishlar: Levan Arveladze, 53. Rubin Xebay, 90+9.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!