"Surxon" "Krasnodar" tarbiyalanuvchisi bilan shartnoma tuzdi

  • 4 fevral, 11:35
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiyalik futbolchi Dmitriy Kratkov "Surxon" futbolchisiga aylandi. Bu xususida klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

Yanvar oyida Kratkov Turkiyadagi yig‘inda jamoaga qo‘shildi va ko‘rik asosida bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlarda maydonga tushdi.

Kratkovning harakatlari murabbiy shtabiga ma’qul keldi va futbolchi bilan 1+1 ko‘rinishdagi shartnomani imzolandi.

Kratkov 2002 yilning 15 yanvar sanasida tug‘ilgan. Uning ampluasi tayanch yarim himoyachisi. Qayd etish kerak, Kratkov Rossiyada mashhur bo‘lgan "Krasnodar" akademiyasining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Yarim himoyachi bunga qadar "Krasnodar 2" jamoasida o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!