"Surxon" va "Andijon" jamoalari koronavirusga test topshiradi
“Surxon” klubi futbolchilari Nuriddin Hasanov hamda Xusniddin G‘ofurovning COVID-19 ga olingan test natijalari musbat ko‘rsatkich qayd etgani haqida xabar bergan edik.
Xabaringiz bor, termizliklar 12 iyul kuni Coca Cola Superliganing 9-turi doirasida Andijonda mehmon bo‘lgan edi. Xusniddin G‘ofurov uchrashuvning 76-daqiqasida zaxiradan maydonga tushirilgan.
Endilikda “Surxon” va “Andijon” klubi futbolchilari COVID-19 ga test topshirishlariga to‘g‘ri keladi. Mazkur jamoalarning navbatdagi o‘yinlari rejasi shundan kelib chiqib ma’lum qilinadi.

Fikrlar