"Surxon" yangi legionerning transferini e’lon qildi

  • 24 iyul, 2024, 15:00
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Surxon"da yangi legioner paydo bo‘lgani xususuda saytimiz orqali avvalroq ma’lumot berib o‘tgandik. Bugun ushbu klub matbuot xizmati shartnoma imzolanganini e’lon qildi. 

"Jamoamiz safiga yangi futbolchi qo‘shildi. Bugundan boshlab, "Surxon" sharafini rossiyalik futbolchi Jamaldin Xodjaniyazov himoya qiladi. Jamaldin 18 iyul kuni 1996 yilda Turkmanistonda tug‘ilgan. Bolalikda esa, Toshkent shahrida "Chilonzor" akademiyasida futbolda birinchi qadam qo‘ygan. Keyinchalik, u Rossiyaga ko‘chib ketdi va mashhur "Zenit" jamoasida yoshlar va keyinchalik asosiy tarkibda maydonda harakat qilgan.

Yoshlar futbolida ham, Xodjaniyazov o‘z mavqeiga ega. 2013 yilda u Evropa chempioni bo‘ldi (U-17), ikki yildan so‘ng esa - Evro U-19 chempionatida kumush medal sohibiga aylandi", - deya xabar bermoqda.

Jamaldin Xodjaniyazov (Rossiya)
18.07.1996
Ampuasi: markaziy himoyachi
Transfermarkt narxi: 300.000 evro

Erishgan yutuqlari: 
2013 -  Evropa chempioni (U-17)
2014 - Ispaniyaning Marca talqini bo‘yicha Xodjaniyazov o‘z yosh toifasida jahonning ramziy terma jamoasiga kiritildi
2015 - Evropa vitse-chempioni (U-19)
2019 - Belarus Kubogi sohibi
2024 - Rossiya Birinchi Liganing bronza medali sohibi

O‘ynagan klublari:

2012 - 2013 - «Konoplyov Akademiya» (Rossiya)
2013 - 2015 - «Zenit» (Rossiya)
2014 - «Amkar» (Rossiya)
2015 - 2017 - «Orxus» (Daniya)
2018 - «Dinamo» (Sankt-Peterburg, Rossiya)
2018 - «Baltika» (Rossiya)
2018 - 2019 - «Ural» (Rossiya)
2019 - BATE (Belarus)
2020 - 2022 - «Sumgayit» (Ozarbayjon)
2022 - 2024 - «Akron» (Rossiya)

Nimelini "Dinamo" (Maxachkala)da eng avvalo kim ko‘rishni istayotganini, Termiz jamoasida yana yangi legioner borligini va "Surxon" qachon uyiga qaytishini bilasizmi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Farxod Mirzamatov
24/07/2024 15:26
Surxonda transfer taqiqi yo‘qmidi?