
"Surxon" — "Qizilqum" bahsi translyatsiya qilinmaydi. Uning o‘rniga Ahmedov jamoasi ishtirokidagi o‘yin efirga uzatiladi
Coca Cola Superliga 15-turidan o‘rin olgan "Surxon" hamda "Qizilqum" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin "Sport" telekanali orqali jonli efirda namoyish etilishi kerak edi. Ammo, kanal ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali ushbu uchrashuvdan translyatsiya amalga oshirilmasligini ma’lum qildi.
"Termiz shahridagi “Surxon” stadioni hududida koronavirusdan davolash markazi tashkil etilganligi sababli bugun dasturimizdan o‘rin olgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi doirasidagi “Surxon” – “Qizilqum” jamoalari uchrashuvini translyatsiya qilishning imkoni bo‘lmaganini ma’lum qilamiz", - deyiladi xabarda.
Ushbu bellashuvning o‘rniga esa Xitoy Superligasi 11-turidan o‘rin olgan "Tianjin Teda" - "Shijyajuan" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv namoyish etiladi. Hamyurtimiz Odil Ahmedovning yangi jamoasidagi debyut bahsi 17:00 dan efirga uzatiladi.
Fikrlar