Taniqli sharhlovchi Davron Fayziev O‘FAda rahbarlik lavozimlardan biriga tayinlandi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining OAV bilan ishini yanada samarali yo‘lga qo‘yish, matbuot va media departamenti ish faoliyatini yaxshlash, terma jamoalar va milliy futbolimizga oid yangilik va xabarlarning tezkorlik bilan xolis tarzda etkazib berilishini ta’minlash maqsadida O‘FA matbuot va media departamentiga yangi direktor tayinlandi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Endilikda taniqli sharxlovchi, o‘zbek jurnalistikasida o‘z o‘rniga ega, xususan sport jurnalistikasida nom qozongan Davron Fayziev O‘FA matbuot va media departamentiga rahbarlik qiladi.
- O‘zbek futbolini rivojlantirish yo‘lida O‘FAning har bir departamentida o‘z ishining professionallari faoliyat olib borishi talab etiladi. Shu boisdan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining OAV va muxlislar bilan o‘zaro aloqalarini yangi bosqichga olib chiqilishi, turli yoshdagi terma jamoalarimizning faoliyati to‘liq xamda keng yoritilishini ta’minlashda ushbu sohaning etuk mutaxassislaridan biri sanaluvchi Davron Fayzievga ishonch bildiramiz, - deya ta’kidladi Ravshan Ermatov.



Fikrlar