
Tarixdagi ikki eng zo‘r bokschi kim?
Yarim o‘rta va birinchi yarim o‘rta vaznda sobiq mutlaq jahon chempioni, 37 yoshli Terens Krouford tarixdagi eng buyuk ikki bokschi nomini aytdi.
"Shugar Rey Robinson va Muhammad Ali - boks tarixidagi eng zo‘rlari. Hech kim ulardan bu maqomni tortib ololmaydi" - deya amerikalikning so‘zlarini keltirdi "SecondsOut".
Eslatib o‘tamiz, Krouford oxirgi jangida charm qo‘lqop ustamiz Isroil Madrimovni ochkolar evaziga mag‘lub etgandi.
Fikrlar