
"Tayson"ning keyingi jang sanasi va raqibi ma’lum!
23 may kuni Qozog‘istonning Olma-ota shahrida "Octagon 73" turniri bo‘lib o‘tadi.
E’tiborlisi, unda "Tayson" nomi bilan tanilgan o‘zbekistonlik jangchi Jasurbek Jo‘raev (0-1) ham ishtirok etib, qirg‘izistonlik Begzot Abdipattaev(debyut)ga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Bu haqda liga ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, "Tayson" ligadagi birinchi jangida Odilxon Kamolovdan 1-raundda sabmishn evaziga mag‘lub bo‘lgandi.
Fikrlar