Tchuameni va Valverde janjaliga kulgan Mbappe holatiga Arbeloa izoh berdi
Alvaro Arbeloa Kilian Mbappe atrofidagi bahsli vaziyatga munosabat bildirdi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Mbappening mashgulotdan kulayotgan holda chiqib ketayotgani aks etgan video tarqalgan edi. Ushbu mashgulotda Orelien Tchuameni va Federico Valverde oʻrtasida janjal kelib chiqqan.
"Oʻyinchi mashgulotdan kulib chiqayotganligi haqidagi video kontekstdan yulib olindi. Mbappe “Real”da oʻynash uchun juda katta mehnat qildi, buni hammamiz bilamiz. U orzusini roʻyobga chiqarish uchun koʻp narsadan voz kechgan", — dedi Arbeloa.
Maʼlumot uchun, "Real Madrid" safida toʻp tepayotgan Mbappe joriy mavsumda 41 ta oʻyinda ishtirok etib, 41 ta gol va 5 ta assist qayd etgan.

Fikrlar