Tedesko O‘runovni himoyada o‘ynatmoqchi

  • 28 noyabr, 2020, 16:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya premer-ligasining 16-turida “Spartak” o‘z maydonida “Rotor” jamoasini qabul qiladi. Ushbu uchrashuv o‘zbekistonlik futbol muxlislari uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki mezbonlar safida Oston O‘runov maydonga tushishi mumkin. Volgograd klubining murabbiylar shtabida esa O‘zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng zo‘r to‘purar Maksim Shatskix faoliyat yuritmoqda.

Tecno

Ushbu uchrashuv oldidan “Spartak” bosh murabbiyi Domeniko Tedesko tarkibda jarohatini davolatayotgan Sobolev va to‘rt marotaba ogohlantirish olgan Ayrtondan boshqa barcha futbolchilar o‘yinga shay ekanini aytib o‘tdi.

Shuningdek, germaniyalik murabbiy braziliyalik himoyachi Ayrtonning o‘rnini qanday to‘ldirishi borasida ham fikr bildirdi.

- Mashg‘ulotlar jarayonida chap qanot himoyasidagi bo‘shliqni to‘ldirish uchun  turli variantlarni sinab ko‘rdik. Bu pozitsiyada Oston O‘runov, Roman Zobnin, Andrey Eshchenko va Stepan Ogonesyan o‘ynay oladi. O‘yindan oldin yana bitta mashg‘ulot bor. Shundan so‘ng, Ayrtonning o‘rnini kim egallashi ma’lum bo‘ladi, - dedi Tedesko.

“Spartak” – “Rotor” uchrashuvi  29 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi.

O‘runovning “tanka”sidan vakolatlar olindi. Endi nima bo‘ladi?

“Spartak” qishda Kral va Urunovni sotmoqchi. Klub ulardan birining narxini aytdi

O‘runov o‘ynayotgan tarkib dunyoda eng qimmatlar reytingiga kirdi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!