Ten Xag "Koventri"ni xavfli raqib ekanligini aytdi

  • 20 aprel, 2024, 15:53
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Erik ten Xag "Koventri"ni xavfli raqib, deb hisobladi. 

Ertaga Angliya kubogi yarim finali doirasida "Manchester Yunayted" "Koventri" bilan o‘ynaydi. 

"Biz o‘z vazifamizni bajardik va mazkur bellashuvga tayyorgarlik ko‘rdik. Raqib jamoaning qanday o‘ynashini va futbolchilarning individual qobiliyatlarini bilamiz. 

Albatta, ular juda xavfli va bu jamoaning yarim finalda o‘ynashi mantiqan to‘g‘ri. O‘tgan mavsum "Koventri Premer-ligaga chiqishga yaqin keldi. Raqibning chorak finaldan o‘rin olgan "bo‘rilar"ga qarshi uchrashuvini tomosha qildik. Ularning xarakteri shunchaki ajoyib. Shunday ekan, biz o‘zimizning maksimal kuchimiz bilan to‘p tepishimiz kerak", -
dedi "qizil iblislar" ustozi. 




 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!