Ten Xag o‘z lavozimini saqlab qolishi mumkin!

  • 6 aprel, 2024, 16:13
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" bosh murabbiy Erik ten Xagni saqlab qolmoqchi. Bunga asosiy sabab mankunianliklar rahbariyati ten Xagning o‘rniga munosib nomzod topa olmayapti.

Tecno

 Avvalroq, OAVda niderlandiyalik mutaxassis yozda ishdan bo‘shatilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. "Qizil iblislar" Tomas Tuxel, Grem Potter, Yulian Nagelsmann va Roberto de Zerbi kabi variantlarni ko‘rib chiqdi. Biroq, bu murabbiylarning "Old Trafford"ga ishlash imkoniyati juda past.

Eslatib o‘tamiz, 54 yoshli murabbiy matbuot anjumanida o‘z lavozimida qolishga ishonchi komil ekanini aytgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!