
Terma jamoamiz "Gubernator kubogi"da birinchi yoxud Roy Jons tashrif buyurgan final kechasidan fotoreportaj
Jahonning besh qit’asida joylashgan 16 mamlakatdan tashrif buyurgan 126 nafardan ziyod charm qo‘lqop ustalari 5 kun mobaynida sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishdi.
O‘ninchi marotaba tashkil etilgan mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi bokschilari ham ishtirok etishdi va turnir yakuniga ko‘ra uchta oltin medal qo‘lga kiritgan holda, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi.
Vakillarimizdan Abdumalik Xalakov (-56 kg), Iqboljon Xoldorov (-69 kg) va Kozimbek Mardonov (-81 kg) barcha raqiblarini mag‘lub etgan holda shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilishdi.
Qayd etish joiz, "M1 Arena"da kechgan jang kechasiga olimpiada sovrindori, profi boksda mutlaq jahon chempioni Roy Jons ham tashrif buyurdi va Iqboljon Xoldorov oltin medallarni aynan Jonsning qo‘lidan qabul qilib oldi.














Foto: "Sankt-Peterburg Gubernatori kubogi"
Fikrlar