
Terma jamoamiz safida Falastinga qarshi o‘yinni kimlar o‘tkazib yuboradi? Ulardan biri Abramov aytganidek jiddiy yo‘qotish
Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionati saralashidan o‘rin olgan Falastinga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Bellashuv oldidan vakillarimizdan Odiljon Hamrobekov va Egor Krimets bugun maydonga tusha olmaydigan bo‘ldi. Hamrobek bir necha kun avval mashg‘ulotlarda jarohat oldi. Krimets esa harorati chiqqani bois mazkur bahsda terma jamoamizga yordam bera olmaydi. Bu haqda Vadim Abramov kecha tashkil etilgan uchrashuvdan avvalgi matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Murabbiyning fikriga ko‘ra Krimetsni bugun maydonga tushirishini, u baland bo‘yli hujumchiga qarshi o‘ynashini kreja qilgan ekan. Ammo kutilmagan holat tufayli Abramov himoyachining xizmatlaridan foydalana olmaydigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston - Falastin o‘yini 17:00da start oladi.
Fikrlar