Termizda o‘zbek jang san’ati bo‘yicha kuchlilar aniqlandi

CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 17-19 oktyabr kunlari Termiz shahridagi "Surxon" sport arenasida sportning O‘zbek jang sana’ti turi bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Tecno

O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbek jang san’ati federatsiyasining yillik-taqvim rejasidagi mazkur mamlakat kubogi bahslarida  Qoraqalpog‘iston Respublikasi,  Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 800 nafarga yaqin sportchilar O‘zbek jang san’atining "Bellashuv jang kurash" yo‘nalishi bo‘yicha  o‘zaro kuch sinashishdi. 

Reglamentga muvofiq, musobaqaning birinchi kunida tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Marosimda O‘zbekiston O‘zbek jang sana’ti federatsiyasi raisi Po‘lat Usmonov ishtirok etib, sportchilarga omad tiladi. 
Yuqori saviyada o‘tkazilgan musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, qo‘ydagi jamoalar kuchli uchlikdan joy olishga muvaffaq bo‘lishdi.

Kattalar o‘rtasida: 

1.Toshkent shahri
2. Andijon viloyati
3. Samarqand va Sirdaryo viloyatlari

Yoshlar o‘rtasida: 

1.Toshkent viloyati
2. Toshkent shahri
3. Samarqand va Farg‘ona viloyati

O‘smirlar o‘rtasida: 

1. Surxondaryo viloyati
2. Buxoro viloyati
3. Samarqand va Toshkent viloyati

Shuningdek, musobaqada "Eng yaxshi sportchi" nominatsiyasi g‘oliblari ham aniqlandi. "Eng yaxshi erkak sportchi" nominatsiyasida Feruz Ismoilov,  Shahriyor Saydazimov, Sherbek Ahmadjonov, Muhammad Yusuf Akbarovlar g‘olib deb topildi. 

Qizlar o‘rtasidagi "Eng yaxshi sportchi" nominatsiyasiga esa Shahzoda Odilova, Muazzamoy Sotvoldieva,, Farog‘at Shirinova, Adolat Shamsiddinova hamda Nafisaxon Xayrullaevalar loyiq ko‘rildi. 
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!