Tezkor! Leo ko‘zda yosh bilan Argentina terma jamoasini tark etishga tayyorligini bildirdi
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni jahon chempionati finalidagi mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z lavozimini tark etishi mumkinligini istisno etmadi.
Ispaniya terma jamoasi jahon chempionati finalida Argentinga qarshi uchrashuvda qo‘shimcha daqiqalarda yagona gol urib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Musobaqa AQSh, Kanada va Meksika hududida o‘tkazildi.
Skalonining Argentina futbol assotsiatsiyasi bilan tuzgan shartnomasi 2026 yil oxirigacha amal qiladi. Shunga qaramay, u yaqin kunlarda Assotsiatsiya prezidenti bilan kelajagi borasida suhbatlashishini ma’lum qildi.
- Prezident bilan gaplashishim kerak, nima bilan shug‘ullanishni istashim haqida o‘z tasavvurim bor. Shartnomamni oxirigacha bajaraman, keyin o‘ylab ko‘raman. Hozircha aniq qarorga kelmaganman, yana shunga o‘xshash narsa takrorlanadimi-yo‘qmi, bilmayman. Argentina futbol assotsiatsiyasi prezidenti Klaudio Tapiaga minnatdorchilik bildiraman — u biz orzu qilgan joyda, biz bilan birga bo‘ldi. Biz oxirgi daqiqagacha bor kuchimizni berdik. Ehtimol, men uchun kelajagimni puxta o‘ylab chiqishga vaqt ajratishim adolatli bo‘ladi», — deya Skalonining so‘zlarini ESPN keltiradi.
Press-konferensiya paytida Skaloni ko‘z yoshlarini tiyib tura olmagani qayd etilmoqda.
48 yoshli mutaxassis 2018 yildan buyon Argentina terma jamoasini boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa 2022 yildgi jahon chempionatida, 2021 va 2024 yillarda Kubok Amerikasi da, shuningdek, 2022 yilda o‘tkazilgan «Finalissimo» bellashuvida g‘olib chiqqan.

Fikrlar