Tezkor! Pochettino zudlik bilan bo‘shatiladi!

  • 03.06.2022 23:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol

PSJ rahbariyati argentinalik bosh murabbiy Maurisio Pochettinoni zudlik bo‘shatishga qaror qildi, deb xabar bermoqda Le Parisien.

Ma’lumotlarga qaraganda, klub bir necha soat ichida 50 yoshli mutaxassisni iste’foga chiqargani haqida rasmiy bayonot berishi kutilyapti.

Pochettino Parij klubini 2021 yilning yanvarida qabul qilib olgan. Uning qo‘l ostida jamoa jami 84 ta uchrashuvda 56 ta g‘alaba, 13 ta durang va 15 ta mag‘lubiyat qayd etdi.

Garchi PSJ Frantsiya chempionatida g‘olib chiqqan bo‘lsa-da, jamoa klub rahbariyati kutayotgan marra – Chempionlar ligasida o‘zini ko‘rsata olmadi.

Pochettino yaqinda 2023 yilning yarmigacha tuzilgan shartnomasi bo‘yicha kelasi mavsumda ham PSJni boshqarishini aytgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Abdulla Hikmatov
03/06/2022 23:59
Rostmikan