Tezkor: Taniqli legionerimiz jamoasini tark etdi!

  • 18 iyun, 2024, 14:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Faoliyatining deyarli to‘liq qismini Rossiya chempionatlarida o‘tkazib kelgan mohir yarim himoyachisi Vagiz Galiulin yangi jamoa izlaydigan bo‘ldi.

Tecno

Keyingi yillarda Rossiya birinchi ligasida “Nefteximik” jamoasiga sardorlik qilib kelgan 36 yoshli pleymeyker klubdan ketgani haqida rasmiy xabar tarqatildi.

Unga ko‘ra, nijnekamneskliklar amaldagi shartnomasi nihoyasiga etgan himoyachilar Pavel Kotov, Aleksey Berdnikov, yarim himoyachilar Denis Talalay, Vagiz Galiulin, Roman Denisov hamda hujumchi Konstantin Bazelyuk bilan xayrlashgani haqida klubning rasmiy saytida e’lon berdi.

Vagiz Galiulin yakunlangan mavsumda 34 ta uchrashuvdan 22 tasida maydonga tushdi. Hamyurtimiz “Kuban”ga qarshi o‘yinda raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Shuningdek, chempionat davomida bitta assistni ham qayd etdi.

Faoliyatining dastlabki yillarida “Andijon” va “Buxoro” klublarida o‘ynagan Vagiz Galiulin yurtimizda uzoq qolmadi.

Tajribali legionerimiz 2006 yilning yanvaridan beri Rossiyada o‘ynab kelmoqda. Dastlab, “Rubin” klubining ikkinchi jamoasiga borib qo‘shilgan yarim himoyachi keyinchalik asosiy tarkibga ham o‘tkazilgan.

Turli yillarda Premer-liga va birinchi ligada “Sibir”, “Ufa”, “Tosno”, “Tombov” kabi klublar sharafini himoya qildi.

Galiulin faoliyati davomida “Rubin” safida 2008 yili Rossiya chempionligiga sazovor bo‘ldi. Qozonliklar bilan 2010 yili MDH chempionlar kubogida g‘olib chiqdi.

2017-2018 yilgi mavsumda “Tosno” jamoasi bilan Rossiya kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etib, bosh sovrin sohibiga aylandi.

Galiulin universal futbolchi hisoblanadi. U faoliyati davomida har ikki qanot himoyachisi, yarim himoyachisi va hujumchisi, markaziy yarim himoyachi, hujumkor futbolchi, hujumchi amplualarida to‘p tepgan.

Klublar miqyosida jami 409 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 44 marotaba ishg‘ol qilgan, jamoadoshlariga 43 ta golli pas uzatgan.

Vagiz Galiulin 2008-2021 yillar davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi bo‘lgan. U xalqaro miqyosda 14 ta uchrashuv o‘tkazgan.

Legionerimiz turklarni qanday hayratga soldi?

O‘zbekistondan yana bir jahon chempioni – superbokschi etishib chiqmoqda!

Shomurodovni olish oson bo‘lmayapti...

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!