
Tezkor xabar! Samvel Babayan "Navbahor" klubi bosh murabbiyligiga asosiy nomzod
"Navbahor" atrofida turli xabarlar yangray boshladi. Rus manbalariga tayanadigan bo‘lsak, bosh murabbiy Andrey Kanchelskis jamoani tark etgan emish. Bunga sabab jamoadagi qarzdorlik va oxirgi paytdagi natijalar.
Qiziq tomoni shundaki, Xitoy birinchi ligasida ishtirok etuvchi "Chanchun Yatay" jamoasini boshqarayotgan Samvel Babayan birdaniga iste’foga chiqdi. Klub va murabbiy o‘rtadagi shartnomani bekor qilishdi. Babayan ushbu klubni 2019 yilning dekabr oyidan buyon boshqarib kelayotgandi. Bu vaqt oralig‘ida o‘zbekistonlik mutaxassis qo‘l ostida chanchunliklar 7 o‘yin o‘tkazgan va ularning 4 tasida zafar quchgan, 2 bor raqiblari bilan murosa ko‘chasi tanlangan bo‘lsa, 1 marta mag‘lubiyatga uchragan. Hozircha, Samvel Babayanning nima sababdan jamoani tark etgani ma’lum emas.
Samvel Babayan nega birdan iste’foga chiqqani ko‘pchilikni qiziqtirmoqda.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, Samvel Babayan tez orada "Navbahor"dan ketadigan Andrey Kanchelskisning o‘rnini egallash uchun asosiy nomzod bo‘lishi mumkin. Bu xabar tasdiqlanmagan, biroq murabbiylar atrofidagi voqeliklar shunga qarab ketayotgandek.
Samvel Babayan: Eng katta orzularimdan biri - bir kun kelib, “Navbahor” bosh murabbiyi sifatida jamoani O‘zbekiston chempioni qilish
Xususan, Babayan intervyusida eng katta orzularidan biri - bir kun kelib, “Navbahor” bosh murabbiyi sifatida jamoani O‘zbekiston chempioni qilish ekanligini aytib o‘tgandi. “Navbahor” 1996 yili chempion bo‘lganida Babayan shu klubda faoliyat yuritgandi. Qolaversa, Babayan bilan bir necha yil "Paxtakor"da birga faoliyat yuritgan No‘’mon Hasanov ayni paytda "Navbahor"da yordamchi murabbiy. Ular birgalikda "Paxtakor"ni chempion qilganidan kelib chiqsak, ushbu tandemning yana birlashishiga ishonchni oshirishi mumkin.
Voqealar rivojini kuzatamiz!!!
Fikrlar