Tezkor xabar! Toshkent OChL o‘yinlariga mezbonlik qiladi

  • 10 may, 2021, 14:49
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Osiyo Chempionlar Ligasi sharq mintaqasidan o‘rin olgan guruh bahslarini o‘tkazish bo‘yicha yurtimiz nomzodlar orasida e’tirof etilayotgan edi.

Tecno

OFK rasmiy saytining xabar berishicha, "H" hamda "I" guruhi o‘yinlari markazlashgan tizimda Toshkent shahrida o‘tkaziladi. Mazkur o‘yinlar 25-iyundan 11-iyulga qadar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, "N" guruhidan Yaponiyaning "Gamba Osaka", Janubiy Koreyaning "Chonbuk Motors", Avstraliyaning "Sidney" hamda Singapurning "Tampins Rovers" jamoalari o‘rin egallagan.

"I" guruhida esa, Xitoyning "Beytszin Goan", Yaponiyaning "Kavasaki Frontale" hamda Filippinning "Yunayted Siti" klublari joylashgan.

Shuningdek, poytaxtimiz "Tegu" va "Chiangray Yunayted" jamoalari o‘rtasidagi pley-off bahsiga ham mezbonlik qiladi. Mazkur qarama-qarshilik g‘olibi 4-ishtirochki sifatida "I" guruhida qatnashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ободон
10/05/2021 20:09
Нимага энди тошкент шахри мезбонлик килиши керак калласига котогим тошкент шахрини