Tiago: ”Men zamonaviy futbolni yomon ko‘raman”
Faoliyatini yakunlagan Tiago Alkantara futbol bilan xayrlashishining asosiy sababini aytdi.
“Mening mentalitetim shundayki, men zamonaviy futbolni yomon ko‘raman. Menda bu sportga klassikroq yondashuv bor.
10-raqamli rol butunlay yo‘qoldi. Fantazist futbolchilar borgan sari kamaymoqda. Ularning o‘rnini jismonan baquvvat va tezkor o‘yinchilar egallamoqda.
Bundan tashqari, VARni ham ko‘rgani ko‘zim yo‘q. Men har doim bunga qarshi bo‘lganman, chunki bu texnalogiya futbolning mohiyatini kamaytiradi.
O‘ynaganimizda xato qilamiz. Hakamlar ham shunday qilishlari kerak, chunki ular inson. Agar aldov bo‘lmaganida, futbol tarixidagi ko‘plab mashhur lahzalar sodir bo‘lmagan bo‘lar edi",- dedi ispaniyalik sobiq futbolchi.

Fikrlar