Tibo Kurtua o‘z maqomini Iker Kasilyas bilan solishtirdi

  • 20.11.2025 18:34
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" darvozaboni Tibo Kurtua klubdagi mavqei haqida gapirib, o‘zini Iker Kasilyas bilan taqqoslash masalasiga munosabat bildirdi.

Tecno

Undan so‘rashdi: Seningcha, seni "Real" tarixidagi eng yaxshi darvozabon sifatida eslab qolishadimi?

Kurtua shunday javob berdi:

– Yo‘q. Bunday fikr aytilganini eshitganman, lekin menimcha, "Muqaddas" deb atalgan Iker Kasilyas bor. U "Real" muxlislari va ispan futboli uchun juda katta ahamiyatga ega. Mening nomim unga qo‘shib tilga olinishining o‘zi katta maqtov.
Eng zo‘rlardan biri sifatida tarixda qolish uchun sovrinlar yutish kerak. Men aynan shuni qilishga harakat qilyapman. Hech kim mening "Liverpul"ga qarshi o‘yindagi 8 ta seyvimni eslamaydi, shuning uchun g‘alabalarni davom ettirish muhim. Men "Real"dan ketganimdan keyin esa har kimning o‘ziga xos fikri bo‘ladi.

Men sakkiz yoshimda "Real" darvozaboni bo‘lishni orzu qilganman. Hozir shu erdaman va har kunim bu erda ajoyib o‘tyapti. Eng baxtiyor joyim ham — shu", – dedi Kurtua.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!