Timo Verner APLda hamyurtining qo‘l ostida to‘p surishni xohlamoqda

  • 20 yanvar, 2020, 18:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Leyptsig" hujumchisi Timo Verner faoliyatini "Liverpul"da davom ettirishi mumkin.

Tecno

Bild nashri xabariga ko‘ra, futbolchi Bundesligani tark etadigan bo‘lsa, unda u Yurgen Klopp jamoasida to‘p surish niyatida.

Manbaga ko‘ra, nemis klubi ham hujumchini qo‘yib yuborishga tayyor, faqat uni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan klub transfer uchun 60 million evro to‘lashi kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Vernerga shuningdek "Real", "Manchester Yunayted", "Chelsi" va "Bavariya" klublari ham qiziqish bildirayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Verner joriy mavsum “RB Leyptsig” safida 26 ta o‘yinda maydonga tushdi va 25 ta gol hamda 9 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!