Hamrobekov termada murabbiy almashishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi
O‘zbekiston Milliy terma jamoasi ayni vaqtda yurtimiz mezbonlik qiluvchi "CAFA Nations Cup-2025" turniri oldidan Toshkentda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini davom ettirmoqda. Terma jamoamiz etakchilaridan biri hisoblangan Odil Hamrobekov ushbu yig‘in doirasida jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
- "Traktor"dagi ilk rasmiy uchrashuvimda sovrin yutdim. Bu har bir sportchi uchun ajoyib holat.
- Sharoitlar yomon emas. Futbolchi uchun kerak bo‘lgan barcha sharoitlar mavjud.
- Terma jamoada doim ham o‘ynayvermaysiz. Shuning uchun, terma yig‘iniga kelganda, o‘rtoqlik o‘yinimi yoki rasmiy o‘yinmi, turnirning darajasi pastmi, maksimal futbolchilar ham murabbiylar ham bunday foydalanishga harakat qiladi. Oldimizga qo‘yilgan maqsadga erishdik, endi munosib ishtirok etish uchun qo‘ldan kelgancha tayyorgarlik ko‘ramiz.
- Legionerlarning yo‘qligi qanday ta’sir qiladi? Buni avvalo vaqt ko‘rsatadi. Biroq legionerlarning o‘rnida harakat qiladigan o‘yinchilarga ham bu yaxshi imkoniyat.
- O‘mon yaxshi shakllangan jamoa. Natijalari bilan maqtana olmasa ham raqiblariga jiddiy qarshilik ko‘rsata oladi.
- Terma jamoada murabbiy o‘zgarishi haqida rasmiy xabarlar chiqmaguniga qadar hech narsa deya olmayman. Tasdiqlangandan keyin biror nima deyish mumkin.



Fikrlar