Timur Kapadze: "Gvardiola Husanovni tezda "olovga tashladi"

  • 6 fevral, 12:35
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze "Futbol TV"ning "Gol" ko‘rsatuvida mehmon bo‘ldi va "Manchester Siti"ga o‘tgan Abduqodir Husanov haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Tecno

"Abuqodir uchun juda xursand bo‘ldik. Bu o‘z-o‘zidan emas. Abduqodir o‘z harakatlari bilan, mehnati bilan bunga erishdi. "Manchester Siti" kabi jamoalar ko‘z yumib futbolchi olmaydi. Ular kuzatadi, qaraydi, futbolchining potentsialini ko‘radi. Bunaqa kuchli jamoa, top murabbiy - Gvardiola Husanovni chaqirgani odamni xursand qiladi. 

Bunaqa tezda debyut bo‘lishini hech kim kutmagandi. Chunki klubga moslashish, har xil vaziyatlarga duch kelinadi. Ko‘rganingizdek, Gvardiola tezda (srazu) olovga tashladi. Birinchi imtihon darsidayoq asosiy tarkibda tushirdi. Ha, boshida biroq xato qildi. Ko‘rib turibsiz, ancha tajribali futbolchilar ham xato qilmoqda. Ammo Abduqodir qaytishga kuch topa oldi va vaziyatdan chiqib ketdi", - dedi Kapadze.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
06/02/2025 16:53
хеч киси йук! усади, янада кучаяди