
Tokio-2020. Navbatdagi kunni ajoyib g‘alaba bilan boshladik!
Kunni muvaffaqiyatli boshlab oldik. +100 kg vaznda bahslarga kirishgan Bekmurod Oltiboevning mo‘g‘ulistonlik Duurenbayar Ulzibayarga qarshi jangi yakunlandi.
Vakilimiz ippon bahosi evaziga raqibidan dog‘da qoldirdi va o‘z yurishini keyingi bosqichga davom ettiradigan bo‘ldi! Qayd etish lozim, Oltiboev asosiy vaqtning roppa-rosa birinchi daqiqasi o‘tib borayotganda g‘alabani tantana qildi.
Fikrlar