"Tokio-2020" ob’ektlarida test musobaqalari 2021 yilning mart oyidan davom ettiriladi

  • 23 noyabr, 2020, 22:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

“Tokio-2020” Olimpiadasi tashkilotchilari kelgusi yil mart oyida O‘yinlar ob’ektlarida test musobaqalarini qayta boshlashni rejalashtirmoqdalar.

Tecno

Tashkiliy qo‘mita vakili Xidemasa Nakamura bu borada shunday dedi: “Biz Yaponiya hukumati va Tokio ma’murlari bilan birgalikda COVID-19 ga qarshi qanday kurashishni muhokama qilmoqdamiz. Biz kelgusi yil boshidan o‘z ishimizni boshlaymiz va mart oyidan test musobaqalarini o‘tkazishga kirishamiz.

Dunyoda vaktsina haqidagi yangiliklarni kuzatib bormoqdamiz. Aytish mumkinki, bu boradagi ijobiy xabarlar barchamizni xursand qiladi. Biroq u hali rasman tasdiqlanmagan. Shuning uchun butun diqqat-e’tiborimizni koronavirusni tez fursatda aniqlovchi test o‘tkazish, ijtimoiy masofani saqlash, sportchilar va boshqa rasmiylar bilan hamkorlikni mustahkamlashga qaratganmiz”.

Eslatib o‘tamiz, "Tokio-2020" yozgi Olimpiya o‘yinlari 2021 yilning 23 iyul – 8 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!