Tokio-2020. Shahobiddin Zoirov turkiyalik bokschiga imkon qoldirmadi. Uning keyingi raqibi kim?

CHERY AUTO

Boks bo‘yicha Rio-2016 chempioni Shahobiddin Zoirov (-52 kg) o‘z sovrinini himoya qilishni boshladi. Vakilimiz hozirgina turkiyalik raqibini mag‘lub etdi.

Tecno

Tajriba va mahorat bobida ancha ustun bo‘lgan Zoirov Batuxan Chiftchiga deyarli imkoniyat qoldirmadi. Bahsni boshqarib borgan hakamlarning barchasi Shahobiddinning g‘alabasini e’tirof etishdi. Vakilimiz keyingi davrada Kabo-Verde vakili David De Pinaga qarshi ringga ko‘tariladi.

Vakillarimiz ishtirokini SPORTS.uz saytida onlayn kuzatib boring!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!