Tom Aspinall: "Aleksandr Volkanovski faoliyatini yakunlashi kerak"
Og‘ir vazn toifasida (120 kg) UFC chempioni Tom Aspinall yarim engil vazn toifasida (65 kg) amaldagi chempion Aleksandr Volkanovski haqida gapirdi.
"Umid qilaman, Aleksandr Diego Lopes bilan revan shdan so‘ng faoliyatini yakunlaydi. Men avstraliyalikning ashaddiy muxlisiman. Uning g‘alaba qozonib, karerasini tugatishini xohlayman", - dedi britaniyalik o‘zining YouTube kanalida.
Ma’lumot uchun, Volkanovski ayni paytda 37 yosh. Avstraliyalik 2016 yildan beri UFC da ishtirok etmoqda. 25 yanvar kuni "UFC 325" turnirida Aleksandr braziliyalik Diego Lopes bilan chempionlik uchun revan sh o‘tkazadi.



Fikrlar