Tom Aspinall: "Hamma narsani o‘z vaqti bor"
Og‘ir vaznda UFC chempioni Tom Aspinall oktagonga qaytishga ishora qildi.
"Men qaytishga tayyorman, lekin avval sog‘lig‘imni tiklab olishim kerak. Murosaga bormoqchi emasman. Nafsim ustun kelishiga yo‘l qo‘ymayman ham. Barchasining o‘z vaqti bor", - dedi chempion You Tube dagi "One on One MMA" kanalida.
Eslatib o‘tamiz, Tom Aspinall va Siril Gan o‘rtasidagi chempionlik jangi fransuzning ko‘zga barmoq bilan bexosdan bergan zarbasi tufayli bekor qilingan edi.



Fikrlar