
Toni Fergyuson Konorga nisbatan antiqa o‘xshatish qildi
Toni Fergyuson Konor MakGregor va Donald Serrone o‘rtasidagi jang haqida o‘z taxminlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Agar “Kovboy” oyoq zarbasini uning bosh qismiga yo‘llay olsa, Konor bir tonna g‘isht singari qulab tushadi.
Ikki tomonlama nokautlar bo‘ladi deb o‘ylayman. Ikkalasining ham o‘ziga xos “qurol”lari mavjud. Yaxshi jang bo‘ladi.
Ushbu jangni ko‘rishni sabrsizlik bilan kutmoqdaman”, - dedi Fergyuson.
Konor - Cerrone jangi 18 yanvar kuni Las-Vegasda UFC 246 turniri doirasida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar