
Toshkent viloyati O‘zbek jang san’ati jamoasi “Matonat” klubi a’zolari bilan uchrashishdi
O‘zbekiston Kikboksing assotsiatsiyasi jamoasi 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Toshkent viloyatida joylashgan Nogironlar uyiga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston Kikboksing assotsiatsiyasi raisi Oybek Narmetov boshchiligidagi kikboksingchilar, referi va murabbiylar Nogironlar uyidagi “Matonat” klubi a’zolari bilan uchrashdi. O‘zaro muloqotda yoshlarga sport, xususan, kikboksing bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida so‘zlab berildi.
Uchrashuv davomida klub a’zolariga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Fikrlar