«Tottenxem» 100 mln evrolik hujumchini sotib olmoqchi

  • 07.10.2026 11:27
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Tottenxem» oʻz akademiyasi tarbiyalanuvchisi Troy Pэрrottni qaytarib olish niyatida ekani xabar qilinmoqda. Bu haqida Ispaniyadagi Estadio Deportivo nashri maʼlum berdi.

Shu bilan birga, «Betis» rahbariyati forvardning ehtimoliy ketishi borasida hech qanday xavotirga tushmayotgani taʼkidlanmoqda. Sababi, irlandiyalik futbolchining shartnomasida juda yuqori miqdorda toʻlov majburiyati koʻrsatilgan — u 100 million yevroni tashkil qiladi. Pэрrottning «Betis» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilgacha moʻljallangan.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yozda sevilyaliklar yosh hujumchini bor-yoʻgʻi 16 million yevro evaziga sotib olgan edi. Pэрrott «Betis» tarkibida barcha musobaqalarni inobatga olgan holda yetti oʻyinda maydonga tushib, ikki marta gol urdi va bir marta golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!