"Tottenxem" Beylga Bundesligadan o‘rinbosar topdi

  • 26 mart, 2021, 10:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Shtutgart" yarim himoyachisi Nikolas Gonsales "Tottenxem"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “shporlar” 22 yoshli futbolchini yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davridayoq sotib olmoqchi. Gonsales "Tottenxem"da ijarada o‘ynayotgan va yana "Real"ga qaytishni reja qilayotgan Garet Beylning o‘rnini egallashi mumkin. O‘z navbatida "Shtutgart" argentinalik futbolchisini 30 million evroga baholamoqda.

Gonsales joriy mavsum "Shtutgart" safida 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning nemis klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!