"Tottenxem" davlatdan qarz oldi

  • 04.06.2020 20:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Tottenxem” klubi davlat kredit tizimidan foydalandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

“Shporlar” rahbariyatining ta’kidlashicha, klub pandemiya tufayli 2021 yilning iyuligacha bo‘lgan davrda 200 mln funt yo‘qotishi mumkin. Shuning uchun, “Tottenxem” davlat dasturidan foydalanib, bankdan 175 mln evro kredit oldi.

Londonliklar ushbu olingan qarzni yangi futbolchilar sotib olishga sarflamaydi. Bu pullar moliyaviy moslashuvchanlikni ta’minlashi va aylanma mablag‘larni ko‘paytirishi kerak. Klub shu yo‘l bilan daromadlar oqimini diversifikatsiya qilishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!