"Tottenxem" futbolchilari yangi bosh murabbiydan mamnun(mi)?

  • 11.04.2026 13:24
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Tottenxem" klubi futbolchilari jamoaga yangi saylangan bosh murabbiy Roberto De Zerbidan mamnunligi bildirmoqda. Bu haqida jurnalist Migel Delan ma'lum qildi.

Manba  ma'lumotiga ko‘ra, De Zerbi mashg‘ulotlar jarayonini sezilarli darajada o‘zgartirdi va bu futbolchilarga yoqmoqda. Murabbiy ishga yangi g‘oyalar va energiya olib kirdi. Ma'lum bo‘lishicha, jamoaning ichki muhiti yaxshilangan. Futbolchilarning fikricha, De Zerbi qisqa vaqt ichida ularga Tomas Frank, Ange Postekoglu va Igor Tudordan ko‘ra ko‘proq narsa berdi. 

Eslatib o‘tamiz, De Zerbi jamoa bilan ilk uchrashuvini APLning 32-turida "Sanderlend"ga qarshi o‘tkazadi.  Bu bellashuv 12 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da start oladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!