
"Tottenxem" himoyachisi uchun APLning olti klubi da’vogarlik qilmoqda
Sky Sports nashriga ko‘ra, "Tottenxem" himoyachisi Denni Rouz yanvardagi transfer oynasi vaqtida klubni tark etishi mumkin.
29 yoshli futbolchining "shporlar" ustozi Joze Mourino bilan munosabati yomonlashgani sabab London klubi himoyachini transferga qo‘ydi.
Xabarlarga ko‘ra, Rouz uchun APLning oltita klubi da’vogarlik qilmoqda.
Joriy mavsumda angliyalik futbolchi APL o‘yinlarida 12 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Fikrlar