"Tottenxem" jamoasi sobiq ustozi "Kim millioner bo‘lmoqchi?" o‘yinida ishtirok etib, "sharmanda" bo‘ldi

  • 26 noyabr, 2021, 20:53
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xarri Rednappni bugungi avlod vakillari futbolchidan ko‘ra, yaxshi murabbiy sifatida tanigan. 1999 yilda "Vest Xem" bilan "Intertoto" kubogida zafar quchgan mutaxassis mashhurlikka erishdi. 2008 yilda esa, u kamtarin "Portsmut" bilan Angliya kubogida zafar quchdi. 2009/10 yilgi mavsumda esa, uni Angliyada yilning eng yaxshi murabbiyi, deb e’tirof etishgan.

Tecno

kimdir

Keyingi yili uning boshqaruvidagi "Tottenxem" o‘z tarixida ilk bor EChLning 1/4 bosqichida to‘p surdi. 2012-15 yillar oralig‘ida KPR jamoasini boshqargan mutaxassis "tumanli albion"dan zerikdi chog‘i, Osiyo qit’asiga yo‘l oldi. Iordaniya terma jamoasi boshqaruvini qo‘liga olgach, bir yil davomida mehnat qildi. U Ammanda uzoq ushlanib qolmadi. Avvaliga, shogirdlari Bangladeshni 8:0 natijasi bilan tor-mor keltirgan bo‘lsa, keyin Avstraliyadan 1:5 hisobidagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Aynan shu uchrashuvdan so‘ng unga chiqish eshiklari ko‘rsatib yuborildi.

Xarri teleshouda qanday karomat ko‘rsatdi?

Qahramonimiz Britaniya va ingliz muxlislari orasida juda mashhur bo‘lgan Jeremi Klarkning "Kim millioner bo‘lmoqchi?" ko‘rsatuvida "qovun tushirdi". U loyihada 0 bilan o‘yinni to‘xtatgan birinchi ishtirokchiga aylandi.

dkoweoewkfwe

"Tottenxem" va Iordaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi birinchi yutuq summasiga etib bora olmadi. U eng oson 5 ta savolning so‘nggisida "qoqildi". Natijada, ko‘rsatuvni quruq qo‘l bilan tark etdi. Eng kulgilisi shundaki, janob Xarri boshlovchi tomonidan berilgan quyidagi savolga javob topa olmadi:

"Vetnam urushi qahramoni Rembo rolini Gollivudning qaysi aktyori ijro etgan?"

A) Mel Gibson
B) Arnold Shvartsenegger
C)Bryus Uillis
D)Silvestr Stallone

Savolni eshitgach, futbol faxriysi uzoq o‘ylanib qoldi. Boshlovchi unga yordam berish maqsadida film tafsilotlari bilan o‘rtoqlashdi. Afsuski, bu ham naf bergani yo‘q. Rednapp javob berishdan avval ushbu so‘zlarni aytdi:

"Bilasizmi, men so‘nggi bor "Doktor Jivago" filmini to‘liq tomosha qilganman. O‘sha paytlari 17 yoshli o‘smir edim. Shu bois, bu savolga qanday javob berishni bilmay turibman. Balki, Mel Gibson yoki Bryus Uillisdir".

Klarkson o‘z ko‘rsatuvida kutilmagan voqea sodir bo‘lishini istamadi va yordam sifatida ayrim ma’lumotlarni taqdim etdi. Bu paytga kelib, uning qarshisidagi inson yana fikr bildirishda davom etdi.

"Aniq ishonch bilan aytaman, bu Bryus Uillis. Sababi, boshqa variantlar negadir noto‘g‘ridek tuyulmoqda. Xato qilishdan qo‘rqyapman, ammo fikrimda qolaman". Jeremi voqealar rivojini bunday tus olganini ko‘rgach, ishtirokchini 50/50 yordamidan foydalanishga ko‘ndirdi. Zal jim-jit bo‘lib qoldi. Barcha qaysar qariyaning qarorini o‘zgartirmayotganini zavq bilan tomosha qilardi. Rednapp Klarksonning iltimosini erda qoldirgisi kelmadi chog‘i, yordamdan foydalandi. Ikkita noto‘g‘ri variant olib tashlangach, Xarrida Uillis va Stallone tanlovlari qoldi. Rednapp bu vaziyatda o‘z fikri to‘g‘ri chiqqaniga yanada ishonch hosil qildi va Bryus Uillisni tanladi.
Kompyuter to‘g‘ri javobni ko‘rsatgach, sobiq murabbiy chakkasini qashigancha, sukut saqladi. Shoumen Jeremi esa, o‘z emotsiyalarini yashira olmadi:

"To‘g‘risi, nima deyishni ham bilmayman. Bu savolning javobini bilmaydigan do‘stlarim yo‘q, deb hisoblar edim. Men hech qachon shou ishtirokchilariga bir funt ham yuta olmadingiz, demagandim. Siz birinchisi bo‘ldingiz!"

Rednapp voqeaga shunchaki, kulib reaktsiya bildirdi. U o‘zini oqlab o‘tirgani yo‘q. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, Xarri Rednapp bu shouga o‘zgacha maqsadda tashrif buyurgan ekan. "The Sun" bergan ma’lumotlarga suyanadigan bo‘lsak, mutaxassis shouda qo‘lga kiritgan yutuq summasining barchasini xayriya fondiga topshirishni reja qilgan. Yakunda esa, g‘alati voqea qahramoniga aylanib qoldi. Vaziyatdan chiqib ketish maqsadida u o‘z hisobidan 5000 funtni xayriya qilib yubordi.

Britaniya matbuoti esa, eski maktabning so‘nggi a’zolaridan biri haqida turli-tuman qiziqarli ma’lumotlarni e’lon qilishni boshlab yubordi. Soddaroq qilib aytsak, 5 yillik tanaffusdan so‘ng Xarri Rednapp yana trendga chiqdi. Shou egalari esa, o‘z loyihasini ushbu voqea sababli reytingi yanada ko‘tarilganini mamnuniyat bilan e’lon qildi. Natijada, Janob Rednapp bir funt yutmasdan ham, "Kim millioner bo‘lmoqchi?" shousidagi eng taniqli shaxsga aylandi.

Ya . U

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!