
"Tottenxem" Pochettino bilan shartnomani uzaytirdi (foto)
"Tottenxem" sobiq bosh murabbiyi Mauriso Pochettinoning 19 yoshli o‘g‘li Mauritsio londonliklar bilan yangi kelishuvga imzo chekdi.
"Yangi mavsumni kutyapmiz", - deya o‘zining Instagram sahifasida post qoldirgan kichkina Pochettino.
19 yoshli futbolchi "shporlar" tarkibida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.
Pochettino "Tottenxem" yoshlar jamoasida o‘tkazgan joriy mavsumida barcha turnirlarda 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 gol va 3 golli uzatma bergan.
Fikrlar